Nazarmat Egamnazarov

Jurnalist, Shoir
Nazarmat Egamnazarov
Tavallud sanasi:
1917 Noyabr 7
Vafot sanasi:
2009 yil

Nazarmat Egamnazarov shoir va nosir bo‘lishi bilan birga tarjimon hamdir. Uning tarjimalari talaygina. Nazarmat nosir sifatida ham barakali ijod qilib kelmoqda. Nazarmatga «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi» unvoni berilgan. Mustaqillikning yetti yilligi munosabati bilan adibga «El-yurt hurmati» ordeni berildi.

Tarjimai hol

Jangchi shoir Nazarmat Egamnazarov 1917 yil 7 noyabrda Tojikiston Respublikasi Xo‘jand viloyati Nov qishlog‘ida dunyoga kelgan. U shoir Ashirmatning ukasi bo‘lib, 1935 yilda o‘rta maktabni tugatgach, Samarqand Davlat universitetiga o‘qishga kiradi. 1941 yilda dorilfununni bitiriboq urushga ketgan.

U yerda vzvod komandiri bo‘lib xizmat qilgan. So‘ngra 1944-1947 yillarda «Front haqiqati» gazetasida ishlagan. Armiyadan qaytgach, 1947-1954 yillarda hozirgi «O‘zbekiston ovozi», 1955-1985 yillarda esa «Toshkent haqiqati» gazetalarida adabiyot va san'at bo‘limini boshqargan.

Nazarmat ijodi 30-yillardan boshlangan bo‘lib, uning birinchi she'ri («Qo‘zichoq») 1934 yildanoq matbuotda e'lon qilina boshlagan. Birinchi to‘plami esa 1941 yilda «Yoshlik zavqi» nomi bilan nashr etiladi. Urush tufayli ikkinchi to‘plami ancha kech - 1949 yilda «Vatan ishqi» nomi bilan chop etilgan.

Faoliyati

Hozirgi kunda uning yigirmadan ortiq she'riy, nasriy asarlari va qo‘shiqlar to‘plamlari chop etilgan. Xususan, uning «Yashil dalalar» (1955), «Sir bo‘yi - nur bo‘yi» (1959), «Tog‘dagi gulxanlar» (1962), «Nay sadosi» (1965), «Bahor qo‘shig‘i» (1968), «Shahrimiz bolalari» (1970), «Mangu olov» (1972), «Dostonlar» (1975), «Yo‘llar va gullar» (1977), «Mehrim-muhabbatim» (1983), «Tanlangan asarlar (1987), «G‘unchalar» (1987), «Muhabbat taronalari» (1992) kitoblari keng kitobxonlar ommasiga yaxshi tanishdir.

Nazarmat nosir sifatida ham barakali ijod qilib kelmoqda. Uning ocherk va hikoyalaridan tashkil topgan «Qirg‘oqdagi jang» (1965), «Burch yo‘li» (1966), «Janggohdan qatralar» (1974), «Turnalar yo‘li» (1977), «Ona ko‘rsatgan yo‘l» kabi harbiy turkumdagi hikoya va ocherklari kitobxon e'tiborini qozongan.

Uning «Olovli tong» (1955), «Sayyod jasorati» (1972) qissalari harbiy hujjatli nasrimiz taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi. Uning bolalar uchun yozgan «Shahrimiz bolalari», «G‘unchalar» kabi she'riy to‘plamlari ham e'tiborga loyiq. Uning Bedil, Jomiy, Nosir Xusrav, Firdavsiy, Mirshakar, M.Tursunzoda ijodidan qilgan tarjimalari talaygina.

Manbaa: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/egamnazarov_nazarmat
Sayt foyda berdi!
87447 ta odamga sayt foyda berdi 😊

Loyihalarimiz

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati. So‘zlarning ma’nolari, ibora va misollar bilan keltirilgan.

Izoh.uz — Это народный толковый словарь узбекского языка с подробными определениями и примерами для каждого слова.

izoh.uz

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

tvinfo.uz

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

dostavkainfo.uz

Imlo.uz — Орфографический словарь узбекского языка позволяющий проверить правописание узбекских слов на латинице и кириллице. В базе более 87 000 слов.

Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.

imlo.uz

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

lotin.uz

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

maqollar.uz

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

latifa.uz

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

onmap.uz

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

uztelegram.com

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

sarlavha.com

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

sinonim.uz
Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — O‘zbek va dunyo ismlarining ma‘nosi. Ismlar manosi, 2008–2024
Obuna va GoodGroup loyihasi